Menejment tizimlarni sertifikatlashtirish organi tomonidan quyidagilar bo'yicha xizmat ko'rsatiladi
O'zDst ISO 9001:2015
ISO 9001:2015 xalqaro standartining O‘zbekiston Respublikasidagi davlat organlari tizimida joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 18-bandiga asosan, vazirlik va idoralar faoliyatiga sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini (ISO: 9001-2015) joriy qilish belgilangan.
O'zDst ISO 14001:2019
ISO 14001 sertifikati korxonada ekologik menejment tizimi (SEM) joriy etilganligini tasdiqlovchi hujjatdir. Ushbu tizim ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga va qayta tiklanmaydigan resurslardan maqsadli foydalanishga qaratilgan.
O'zDst ISO 45001:2020
ISO 45001 mehnat xavfsizligi va sog‘liqni saqlashni boshqarishning samarali tizimidan (OHS) foydalanish uchun xalqaro miqyosda tan olingan standartdir. Standart kompaniyalarga xodimlarning sog‘lig‘iga zarar yetkazish, baxtsiz hodisalar va jarohatlar ko‘rinishidagi ish bilan bog‘liq xavflarni aniqlashga, shuningdek, profilaktika choralari yordamida ularning oldini olishga yordam beradi. Kompaniyalar ISO 45001 ga muvofiq sertifikatlanishi mumkin.